02 iyu 11:27
Yangiliklar
Futbol

Pastore 20 million evaziga APL klubiga ko'chib o'tishi mumkin
PSJ yarim himoyachisi APLga ko'chib o'tishi mumkin.
Londonning “Vest Xem” jamoasi PSJ zaxirasida qolib ketayotgan argentinalik Xaver Pastoreni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Buning uchun klub parijliklar g'aznasiga 20 mln evro o'tkazib berishga tayyor. Pastorening xizmatlariga esa shaxsan jamoaning yangi ustozi Manuel Pellegrini qiziqish bildirmoqda.
Yarim himoyachining o'zi ham o'yin amaliyoti kafolatlanadigan joyga o'tishni istamoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar