25 iyu 15:40
Yangiliklar
Futbol

Pau Gazol Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadi
Ispaniya terma jamoasi hamda “CHikago” klubi etakchi basketbolchisi Rio-de-Janeyro shahrida o'tkaziladigan yozgi olimpiya o'yinlarida ishtirok etishini malum qildi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Gazol Olimpiadani Zika virusi sabab o'tkazib yuborishini aytgan edi. Lekin yakunda 35 yoshli basketbol yulduzi fikrini o'zgartirdi va endi Rioga boradi.
Ispaniyalik basketbolchi 2008 va 2012 yilgi olimpiya o'yinlarida jamoadoshlari bilan birga kumush medal sohibi bo'lgan edi.
Havola :
Fikrlar