12 iyu 15:52
Yangiliklar
Futbol

Paulo Dibala Ronaldu sabab "Yuventus"ni tark etishi mumkin
"Yuventus" forvardi Paulo Dibala Turin klubini tark etishga tayyor.
25 yoshli futbolchini ketishga majbur qilayotgan narsa o'tgan yili Krishtianu Ronalduning jamoaga kelganidir. Klub sxemalari 4-3-3 ko'rinishini olgandan so'ng, Paulo maydonda kamroq ko'rina boshladi. U maydonga tushgan taqdirda ham, o'ng qanotga qo'yilyapti va u o'zini bu poziciyada yaxshi his etmayapti.
Eslatib o'tamiz, Dibala "Yuventus" libosida A Seriyaning 2018/19 yilgi mavsumida 30ta o'yinda (24tasi asosiy tarkibda) harakat qilib, 5ta gol va 4ta assistga erishgan. Pauloga qo'lga kiritish uchun kurashda "Inter" va "Manchester Yunayted" klublari etakchilik qilmoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar