08 avg 15:51
Yangiliklar
Futbol

"Paxtakor" 10 avgust kuni avstraliyalik futbolchi bilan shartnoma tuzadi
10 avgust, payshanba kuni "Paxtakor" futbol klubi barcha OAV vakillarini matbuot anjumaniga taklif qiladi.
Matbuot anjumanida jamoaga taklif etilgan yangi futbolchi - avstraliyalik
Rostin Griffits bilan shartnoma imzolanadi hamda matbuot anjumani
o'tkaziladi. Tadbirda "Paxtakor" futbol klubi rahbariyati ham ishtirok
etadi.
10 avgust kuni "Paxtakor" stadioni anjumanlar zalida soat
11:00da boshlanadigan marosimga barcha turdagi OAV vakillarini taklif
etamiz.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar