19 iyu 14:49
Yangiliklar
"Paxtakor" AGMK bilan o'yindan keyin 5 nafar futbolchida koronavirus infekciyasi aniqlanganini tasdiqladi
Yurtimizda koronavirus pandemiyasiga chalingan insonlar aniqlanishi bilan "Paxtakor" futbol klubida doimiy ravishda futbolchilar va klub xodimlari muntazam tarzda test topshirib kelishdi. O'zini noxush his qilgan 5 nafar futbolchida koronavirus uchun topshirilgan test natijalari ijobiy natija bergach, futbolchilar va xodimlar yana bir bor test topshirishdi. AGMK bilan o'tkazilgan Superliga 9-tur bahsidan keyin bazi futbolchilar sog'lig'ida muammolar paydo bo'ldi, shundan keyin mashg'ulotlar vaqtincha to'xtatib turildi.
Ayni paytda koronavirus aniqlangan 5 nafar futbolchi izolyaciyaga olindi va ularni davolash jarayoni boshlab yuborildi. Futbolchilar doimo tibbiy nazorat ostida bo'lib turibdi va barcha zarur vositalar bilan taminlanmoqda", - deb yoziladi "Paxtakor" rasmiy saytida.
Fikrlar