13 iyu 22:57
Yangiliklar
"Paxtakor" - AGMK. "SHerlar" 0:2 hisobidagi mag'lubiyatdan chiqib ketishdi
Turning markaziy uchrashuv 2:2 hisobidagi jangovor durang bilan yakunlandi. O'yinning 71-daqiqasiga qadar 0:2 hisobida yutqazayotgan "sherlar" uch daqiqa oralig'ida ikkita to'p kiritib, alamli mag'lubiyatdan qutulib qolishdi.
Coca Cola Superliga. 9-tur
PAXTAKOR – AGMK 2:2
Gollar: Amanov 33, Zonich 53, Sergeev 71, Hamdamov 74.
"Paxtakor": 25.Eldorbek Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov (4.Akrom Komilov 89), 5.Anzur Ismoilov, 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Dragan CHeran, 15.Egor Krimec ( 23.SHerzod Azamov 26), 17.Dostonbek Hamdamov (99.Javohir Sidiqov 89), 20.Odiljon Hamrobekov, 27.Sardor Sobirxo'jaev (21.Abror Ismoilov 46), 34.Farruh Sayfiev, 77.Eren Derdiyok (11.Igor Sergeev 60)
AGMK - 32.Suhrob Sultonov - 20.Mirg'iyos Sulaymonov (2.Akmal SHorahmedov 46), 3.Sardor Rahmonov, 88.Igor Zonich, 11.Murod Toshmatov - 4.Mirjamol Qosimov (6.Erkin Baydullaev 46), 23.Yovan Jokich - 77.Arslonmirat Amanov (31.Saydullo Rahmatov 80), 18.Bahrom Abduraximov (10.SHahzod Nurmatov 56), 8.Hojimat Erkinov - 21.Mate Vatsadze (9.Zafar Polvonov 67).
Hakamlar: SHerzod Qosimov, Alisher Usmonov, Sanjar SHoyusupov, Rustam CHoriev.
Ogohlantirish: Masharipov 89.
Fikrlar