So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

10 avg 12:57
Yangiliklar

Futbol

"Paxtakor" avstraliyalik futbolchisini tanishtirdi FOTO

Teglar :  Paxtakor
Toshkentning "Paxtakor" klubi avstraliyalik yarim himoyachi Rostin Griffitsni tanishtirdi.

Rostin Griffits 1988 yil 10 mart sanasida Angliyaning Stok on Trent shahrida tug'ilgan. Fuqaroligi Avstraliya. U faoliyati davomida Angliyaning "Blekbern Rovers", "Akkrington Stenli", Xitoyning "Guanchjou Fuli", Avstraliyaning "Adelaida Yunayted", "Nort Kvinslend Furi", "Sentral Kost Mariners", "Pert Glori", Gollandiyaning "Roda" klublarida faoliyat olib borgan. Uning so'nggi o'ynagan jamoasi - "Pert Glori".

Tanishtiruv marosimini Davron Fayziev olib bordi. Tadbirda klub bosh direktori Dmitriy Adisman, vice prezident Umid Ahmadjonov, sport direktori Jafar Irismetov, bosh murabbiy SHota Arveladze va yangi legioner futbolchi ishtirok etdi.

Dastlab klub bosh direktori Dmitriy Adisman o'z fikrlarini bildirdi: Biz doim musobaqa jadvalining yuqorisida bo'lishni istaymiz. SHu bois tarkibni kuchaytirayapmiz. Rostin Angliya, Avstraliyaning taniqli klublarida o'ynagan. U o'z tajribasi orqali yoshlarga ham katta yordam berishi kutilmoqda. Rostin jamoamizga foyda keltirishiga ishonamiz.

SHota Arveladze: Rostin haqida nima deyishim mumkin? U birinchi navbatda tajribali futbolchi. Birinchi davradagi so'nggi transfer bo'ldi. Osiyolik futbolchi qidirgandik. Xudoga shukurki bunday futbolchini topa oldik. Rostin bilan 18 oylik shartnoma tuzilmoqda.



- Siz Evropaning taniqli klublarida o'ynagansiz. O'zbekistonga kelish siz uchun orqaga tashlangan qadam emasmi?
Rostin: - Yo'q, buni ortga tashlangan qadam deya olmayman. Doim o'z oldiga yuqori maqsadlar qo'ygan klubga o'tish men uchun albatta o'ziga xos chaqiruv bo'ladi.

- Klub rahbariyati o'zining ko'plab yoshlarini boshqa klublarga bepulga berib yuborgani albatta hurmatga loyiq. Masalan, Javohir Sidiqov. Lekin keyinchalik klubni o'zi pand berib qo'ymaydimi?

Umid Ahmadjonov:
- Yo'q. Bizda etarli zaxira bor. Pand eb qolmaymiz. Sidiqovni transferi orqali boshqa klublar bilan do'stona aloqalarni bog'ladik. Akademiyamizni boshidan ko'rib chiqayapmiz.

- Siz bitta klubga ko'p o'ynamagan ekansiz... Bunga sabab nima?

Rostin:
-
Tez tez o'zgarishlarga kelsak o'z oldiga yangi yangi maqsadlar qo'yganman. Hozirgi futbolda o'zgarishlar tabiiy hol.

- Legioner futbolchi keyingi turdan o'ynashni boshlaydimi?

SHota Arveladze:
-
Ha, u jamoaga qo'shildi va navbatdagi turda o'ynash imkoniyatiga ega.

- Nima uchun aynan "Paxtakor"ni tanladingiz?

Rostin:
-
SHota Arveladzeni hurmat qilaman. SHu bois O'zbekistonga keldim. Bundan tashqari Xitoyda bir necha bor o'zbek futbolchilariga qarshi o'ynaganman. Ular jismonan kuchli edilar.

- "Paxtakor" doim hujumkor futbol namoyish etgan. Bundan ham shunday bo'ladimi?

SHota Arveladze:
-
Sizni tushundim. Albatta jamoa hujumkor o'yin ko'rsatamiz. Ammo zamonaviy futbolda kerak paytda himoyaviy, kerak paytda hujumkor o'yin namoyish etish kerak.

- Klub to'rt legioner bilan uzoq yillik shartnomalar tuzdi. Yil oxiriga borib qaysidir legioner bosh murabbiyning ishonchini oqlamasa ularning o'rniga boshqa futbolchilar olinadimi?

Umid Ahmadjonov:
-
Bosh murabbiyimiz juda tajribali. Uning tanlagan futbolchilari kuchli va professional. Ammo agar siz aytgandek legionerlar murabbiyni qoniqtirmasa boshqa legioner olamiz.

- Stadion qurilishi haqida malumotlar chiqqandi. Qachon boshlanadi?

Umid Ahmadjonov:
-
Albatta stadionda qurilish bo'ladi. Ammo bunga besh-olti oy vaqt kerak bo'ladi. Yani "Paxtakor" ikkinchi davrani o'z stadionida o'tkazadi.


Narzulla Saydullaev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing