So’nggi yangiliklar

22:12Нурсултон Рўзибоев иштирокидаги жанг бекор бўлди 0 20:00UFC медиаҳуқуқларни 8 миллиард долларга сотди. Қандай қилиб бунчалик кўп? 0 19:2693 ёшли Дон Кинг супероғир вазнда камар учун кечадиган жангни анонс қилди 0 19:05"Пушкаш" мукофоти совриндори фаолиятини 33 ёшида якунлади 0 18:44Усик WBO`дан мажбурий ҳимоя муддатини кечиктиришни сўради 0 18:23Дана Уайт: "Жонсдан кўра Конорга кўпроқ ишонаман" 0 18:02Коко Гофф Цинциннати турниридаги юришини давом эттирмоқда 0 17:41Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа 0 17:20Дюплантис 13-маротаба жаҳон рекордини янгилади 0 16:59Фундора — Турман жанги санаси ўзгарди 0 16:38Хоккей бўйича ёшлар терма жамоамиз илк хорижий йиғинига жўнаб кетди 0 16:17Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин 0 15:56"Бу менинг энг кучли рақибим эмас". Дю Плесси — Чимаев билан бўладиган жанг ҳақида гапирди 0 15:35Осиё Паралимпия қўмитасининг VIII Бош ассамблеяси ўз ишини якунлади 0 15:14"Биз мақтаниб юрганимизда, ўзбеклар меҳнат қилди". Қозоғистонлик мураббий ўзбек боксининг муваффақияти ҳақида гапирди 0

19 iyu 13:36
Yangiliklar

Futbol

"Paxtakor" Denis Ivankov bilan shartnoma imzoladi

O'zbekistonda darvozabonlar etishtirib berish fabrikasiga aylangan tajribali mutaxassis Denis Ivankov endilikda "Paxtakor" tizimida faoliyat yuritadi.

Avvalroq jamoani restartga tayyorlashda xizmat qilgan Ivankov muzokaralarning dastlabki bosqichida klub bilan kelishuvga erishmagandi. Biroq kuni kecha "Paxtakor" O'zbekiston terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi bilan muzokarani qayta tiklab, Ivankovning shartlariga rozilik bildirgan klub yakunda tajribali mutaxassis bilan bugun shartnoma imzoladi.

Kelishuv yil yakuniga qadar amal qiladi va dekabrda shartnoma uzaytirish ko'rib chiqiladi.

Ivankovning vazifasi klub tizimidagi barcha jamoalar, akademiyadan tortib birinchi jamoa darvozabonlar malakasini oshirishdan iborat va darvozabonlar murabbiylarining ishini nazorat qiladi.

Etiborlisi, "Paxtakor"ning hozirgi kundagi har ikkala asosiy tarkib darvozabonlari - Suyunov va Quvvatov aynan Denis Ivankov shogirdlari sanaladi. Garchi asosiy jamoada ularni turkiyalik mutaxassis shug'ullantirsa ham, endilikda "Paxtakor"da ustoz va shogirdlar "Mashal" yoki "Nasaf"da bo'lgani kabi birgalikda ishlashadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing