28 sen 20:45
Yangiliklar

“Paxtakor” “Lokomotiv”ga ilk mag'lubiyatni taqdim etdi, “Bunyodkor”da durang
Poytaxt derbisida amaldagi chempion “Paxtakor” bu yilgi chempionlik uchun kurashayotgan “Lokomotiv”ni qabul qildi va peshqadamga mavsumdagi ilk mag'lubiyatni taqdim etdi.
O'yinning 24-daqiqasida Jaloliddin Masharipov hisobni ochdi. Oradan ikki daqiqa o'tib, aynan Masharipov o'z dublini nishonladi. 42-daqiqada to'p qarshi hujumni Sanjar SHoahmedov gol bilan yakunladi. Uchrashuvda boshqa hisob o'zgarmadi.
Kunning yana bir qiziqarli o'yini Buxoroda bo'lib o'tdi. Unda maydon egalari chempionlik uchun kurashayotgan yana bir jamoa “Bunyodkor” bilan munosabatlariga oydinlik kiritib olishdi. Uchrashuvda hisob ochilmadi.
“PAXTAKOR” – “LOKOMOTIV” - 2:1 (2:1)
28 sentyabr. Toshkent. “Paxtakor” stadioni.
Gollar: Masharipov, 24 - 1:0. Masharipov, 26 - 2:0. SHoahmedov, 42 - 2:1.
“Paxtakor”: Lobanov, Andreev, Tojiev, Oraxovac, Hoshimov, A.Ahmedov, Ismatullaev, Sohibov, Masharipov (Tolipov, 90), Iskanderov (Otaxonov, 90+3), Hakimov (Boltaboev, 60).
“Lokomotiv”: Nesterov, Zoteev, Maxaradze, Yanichich, To'xtaxo'jaev, Kapadze (Gevorkyan, 59), Aliboev, Jeparov (Nagaev, 85), Mirzaev, SHoahmedov, Bikmaev (Abduxoliqov, 50).
Hakamlar: R.Ermatov, A.Rasulov, J.Saidov.
Ogohlantirishlar: A.Ahmedov, 15. Kapadze, 28. Oraxovac, 28. Maxaradze, 70. Hoshimov, 76. Andreev, 90+1. Lobanov, 90+4.
Fikrlar