30 okt 19:50
Yangiliklar

“Paxtakor” Muborakda “Mashal” bilan durang o'ynadi
O'yinning 11-daqiqasida Jamshid Boltaboevning zarbasi noaniq chiqdi. 24-daqiqada Kamoliddin Tojiev jarima zarbasidan keyin zarba berdi, Zohir Qo'ziboev to'pni darvoza chizig'i oldidan qaytardi.
30-daqiqada Jamshid Hasanov erlatib kuchli zarba berdi, Aleksandr Lobanov to'pni qiyinchilik bilan ushlab qoldi. Birinchi bo'limda hisob ochilmadi.
79-daqiqada Davron Hoshimov oshirgan to'pni Temur Tolipov yaqin masofadan boshi bilan darvozaga yo'lladi. Zarba kuchli chiqmadi va Ilyosov to'pni qaytardi. Qolgan vaqtda ham tomonlar raqib darvozasini ishg'ol qila olishmadi - 0:0.
“Mashal” (Muborak) – “Paxtakor” (Toshkent) 0:0 (0:0)
“Mashal”: Javohir Ilyosov, Iskandar SHoyqulov, G'iyosjon Komilov, Sardor Abduraimov (SHahzod SHaymanov, 90), Zohir Qo'ziboev, Mirzakamol Kamolov, Jamshid Hasanov (Humoyun Murtazoev, 46), Vladislav Pavlenko, Mirzohid G'ofurov, Kenja To'raev (Zafar To'raev, 86), Andrey Derkach
“Paxtakor”: Aleksandr Lobanov, Stanislav Andreev, Kamoliddin Tojiev, Adnan Oraxovac, Davron Hoshimov, Akbar Ismatullaev, Azimjon Ahmedov (Vladimir Kozak, 19, Andrey Sidorov, 82), Jamshid Boltaboev, Javohir Sohibov, Jaloliddin Masharipov, Jasurbek Hakimov (Temur Tolipov, 46)
Ogohlantirishlar: Kamoliddin Tojiev 51, Adnan Oraxovac 84, Humoyun Murtazoev 90+3.
Fikrlar