31 okt 07:50
Yangiliklar
Futbol

“Paxtakor” oxirgi 16 yilda ikkinchi bor medalsiz qoldi
Oliy liganing 27-turida “Paxtakor” klubi Muborakda “Mashal” mehmoni bo'lib 0:0 hisobida durang qayd etdi.
SHu tariqa, mavsum tugashiga 3 tur qolganida “Paxtakor” bu yil sovrindorlar qatoriga kira olmasligi oydinlashdi. Sababi, “sherlar” oxirgi uchta turda har qanday holatda ham uchinchi o'rindagi “Nasaf”dan oshib keta olishmaydi.
Ochkolar teng kelib qolganida birinchi navbatda o'zaro o'yinlar inobatga olinadi. “Nasaf” o'zaro o'yinlarda “Paxtakor”dan ustun (2:1, 1:1).
O'n bir karra O'zbekiston chempioni so'nggi bor 2013 yilgi mavsumda sovrindorlar qatoriga kira olmay to'rtinchi o'rinni band etgandi. Umuman olganda “sherlar” sakkizinchi bor oliy ligada kuchli uchlikka kira olmaydigan bo'lishdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar