So’nggi yangiliklar

17:28Роландо Ромеро ўз камарини Теофимо Лопесдан ҳимоя қилади 0 16:55Нурсултон Рўзибоев Рамзан Қодиров совға қилган қимматбаҳо автомобилни қабул қилиб олди (ФОТО) 0 16:22"Ҳусанов "Ланс"га учаётганида: "Мени Россияга сотишади деб ўйлагандим", – дея тан олган эди" 0 15:56Хорхе Масвидаль: "Холлоуэйнинг ғалабасига уйимни тикаман" 0 15:30Махачев Россиянинг ММА рейтингидаги етакчилигига муносабат билдирди 0 14:58Конор Макгрегор: "Ҳозир фаолиятимнинг энг юқори чўққисидаман, Холлоуэйни нокаут қиламан" 0 14:34Возинья Лионель Месси билан бир жамоада бўлиши мумкин — Marca 0 14:11"Ferrari" ва "Honda Civic". UFC жангчиси Макгрегор — Холлоуэй жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:45Хабиб Аргентина терма жамоаси ҳақида: "Улар менга ёқмайди, лекин..." 0 13:20Умар Кремлёв: "ХОҚда бошқа чора қолмаганди" 0 12:52ЖЧ-2026`да яна бир рекорд қайд этилди 0 12:28Шанхайдаги UFC Fight Night 286 турнирининг иккинчи муҳим жанги эълон қилинди 0 11:57Макгрегор UFC 329 жанги учун янги номдаги шортиларни қабул қилиб олди + ФОТО 0 11:30Нурмагомедовнинг Шанхайдаги жанги расман эълон қилинди + ПОСТЕР 0 10:56"Улар Мессининг чиқиб кетишини хоҳлашмаяпти". Миср мураббийи ФИФАни айблади 0

15 okt 14:14
Yangiliklar

Futbol

"Paxtakor" - "Qo'qon-1912" o'yinini boshqargan hakamlar brigadasi chetlatildi

Teglar :  Qo'qon-1912Paxtakor
Oliy Liga 24-turida doirasidagi“Paxtakor” – “Qo'qon-1912” o'yinidagi hakamlik darajasi yuzasidan O'FF hakamlar va nazoratchilar qo'mitasi favqulodda yig'ilish o'tkazdi.

Unda 14 oktyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tgan “Paxtakor” – “Qo'qon-1912” o'yinini boshqargan hakamlar brigadasining ishi o'rganib chiqildi.

O'FFning hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi tarkibidagi ilmiy-uslubiy taminoti bo'limi mazkur o'yinda maydonda bosh hakam sifatida ishlagan Vadim Agishev, uning yordamchilari Bahodir Bahromov hamda Nabijon Ro'zimovning hakamligini alohida ko'rib chiqdi. Natijada Vladimir SHtern boshchiligidagi guruh maydondagi barcha hakamlar uchrashuvni sifatsiz boshqargan va o'yin tizginini qo'ldan chiqargan deb baholadi.

SHu asosda, hakamlar va nazoratchilar qo'mitasi bosh hakam Vadim Agishev, uning yordamchilari Bahodir Bahromov va Nabijon Ro'zimov, to'rtinchi hakam Asker Najafalievlarni O'zbekiston chempionati, 1-liga, kubok va yoshlar birinchiligi bahslaridan mavsum oxirigacha chetlatish haqida qaror qabul qildi.

Hakamlar brigadasi azolariga bahoni ko'tarib qo'yganligi uchun o'yin inspektori Igor Nexochin ham O'zbekiston chempionati, 1-liga, Kubok va yoshlar birinchiligidan mavsum oxirigacha chetlatildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing