21 may 02:21
Yangiliklar

"Paxtakor" qo'shib berilgan daqiqada mag'lub bo'ldi va OCHLni tark etdi
Ushbu uchrashuvda "Paxtakor"ni durang natija ham qoniqtirardi. Boz ustiga guruhning ikkinchi o'yinida "Al Sadd" safarda Eronning "Persepolis" klubiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
SHu boisdan SHota Arveladze shogirdlarida guruh peshqadami sifatida pley-offga chiqish imkoniyati yuzaga kelgan edi. Ammo, asosiy vaqtga qo'shib berilgan ikkinchi daqiqada Abdulrahmon G'arib tomonidan kiritilgan gol "Paxtakor"ni guruhda qoldirib ketdi.
Etiborga molik jihati shundaki, zaxiradan o'yinga qo'shilgan Igor Sergeev xuddi "Persepolis" bilan uchrashuvda bo'lgani kabi darvozani ishg'ol qilib, "Paxtakor" muxlislarini xushnud etgandi. Lekin xursandchilik uzoqqa cho'zilmadi.
"Al Ahli" - "Paxtakor" 2:1 (0:0)
Gol: Omar al-Soma (69, 1:0), Igor Sergeev (88, 1:1), Abdulrahmon G'arib (90+2, 2:1).
"Al Ahli": 33. Muhammad Ovays, 3. Muhammad Fatil, 17. Paulo Diaz (16. Nuh Ibrohim, 46), 23. Abdulloh Tarmin, 37. Abdulbosit Hindi, 75. Aderlan Santos, 35. Yusuf Harbi (8. Taysir al-Jassim, 53), 7. Salman Muvashar, 10. Abdulfattoh Asiri, 21. Xorxe Semedo, 9. Omar Soma (s).
"Paxtakor": 35. Sanjar Quvvatov, 34. Farruh Sayfiev, 15. Egor Krimec (55. Marko Simich, 80), 23. SHerzod Azamov, 3. Hojiakbar Alijonov, 20. Odil Hamrobekov, 27. Sardor Sobirxo'jaev (29. Vladimir Kozak, 63), 9. Jaloliddin Masharipov, 10. Dragan CHeran, 17. Dostonbek Hamdamov (11. Igor Sergeev, 46), 21. Marat Bikmaev.
Ogohlantirishlar: Yusuf al Harbi (38), Krimec (51), Hindi (73), Abdulloh Tarmin (82), Alijonov (86).
Fikrlar