26 iyu 21:41
Yangiliklar
Futbol
“Paxtakor” Sergeevning dubli evaziga g'alaba qozondi
Amaldagi mamlakat chempioni “Paxtakor” oliy liganing 14-turidan o'rin olgan uchrashuvda “Olmaliq” jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etdi.
Garchi o'yinning 4-daqiqasidayoq Diyor Turopov “Olmaliq” jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsada, yakunda “Paxtakor” futbolchilari irodali g'alabaga erishishdi.
Igor Sergeevning ikki goli amaldagi chempionga muhim uch ochkoni taqdim etdi. Terma jamoa hujumchisi ilk golini penaltidan kiritdi.
“Paxtakor” (Toshkent) – “Olmaliq” (Olmaliq) 2:1
26 iyun 2016. Toshkent. “Paxtakor” stadioni
Gollar: Diyor Turopov 4, - 0:1. Igor Sergeev 17 penalti, - 1:1, Igor Sergeev 34, - 2:1
Havola :
Fikrlar