So’nggi yangiliklar

21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0

30 iyu 15:06
Yangiliklar

Futbol

"Paxtakor" stadioniga tamir kerak. U Superligani qabul qila olmaydi

Teglar :  PaxtakorSuperliga
2024 yilgi futbol mavsumiga tayyorgarlik davrida qabul qilingan rejalar asosida "Paxtakor" stadioni Superliga uchrashuvlarini qabul qilishdan to'xtadi.

Stadion U-21 chempionati va PRO liga uchrashuvlarini o'tkazishi mumkin.

Sir emaski, Liga Superliga stadionlariga bo'lgan talabni bosqichma-bosqich oshirib boradi. 2023-yilning aprel oyida "Paxtakor" stadioni tribunalaridagi holat sabab ishchi guruh tuzilgan va uning xulosasi asosida stadion tribunalarining tahminan 70 foizi xavfsizlik nuqtai nazari bilan muxlislar uchun yopib qo'yilgandi. Buning oqibatida "Paxtakor" CHempionlar ligasining so'nggi mavsumini "Bunyodkor" stadionida o'tkazishga majbur bo'ldi.

O'tgan vaqt davomida stadionni kapital tamirdan chiqarish masalasida ijobiy o'zgarish bo'lgani yo'q. SHundan kelib chiqib, "Paxtakor" Elit CHempionlar ligasi musobaqasi uchun yana bir bor "Bunyodkor" stadionini OFK platformasiga joylashga majbur bo'ldi. Liga esa reja asosida "Paxtakor" arenasini Superliga uchrashuvlarini qabul qiladigan stadionlar ro'yxatidan chiqardi.

"Paxtakor" mavsumning ikkinchi yarmini Jar stadionida o'tkazadi. Klub uch tomonlama tuzilgan bitimni Ligaga taqdim etdi.

Avvalroq "Surxon" Liga talabi bilan "Paxtakor" stadionida o'ynay olmasligi aniq bo'lgach, Samarqanddagi "Dinamo" bilan kelishuvga erishgan, "Lokomotiv" esa poytaxtdagi boshqa stadion — "Bunyodkor"ga ko'chib o'tishi malum qilingandi.

Proliga vakillari bo'lgan "Buxoro" va "Olimpik Mobiuz" O'FAga qarashli "Do'stlik" stadionida raqiblarini qabul qiladi. "Do'stlik" Toshkent klubi esa "Paxtakor" stadionidan foydalanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing