09 sen 13:21
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/18776_220.jpg)
“Paxtakor” terma jamoaning 3 nafar o'yinchisi bilan shartnoma imzoladi
Xabaringiz bor, yozda Toshkentning “Paxtakor” futbol klubida katta o'zgarishlar amalga oshirildi.
Dastlab, rahbariyat, keyinchalik murabbiylar shtabi yangilandi. Yurtimiz va xorijdan bir qator tajribali futbolchilar tarkibga jalb etildi. Klub rahbariyati futzal jamoasiga ham asta etibor qarata boshladi.
Ilk etibor sifatida safga O'zbekiston terma jamoasiga nomzod uch nafar futzalchini qo'shib olinishini aytish mumkin. Feruz Fahriddinov, Akmal Xazratqulov va Alisher Ibragimovlar yangi mavsumda poytaxtliklar sharafini himoya qilishadi.
Nomlari tilga olingan bu futzalchilarning “Do'stlik-AIN” bilan amaldagi shartnomasi yakunlangan bo'lib, “Paxtakor” safiga erkin agent maqomida kelib qo'shilgan.
Havola :
Manba : uzbekistan24.uz
Fikrlar