03 iyu 08:58
Yangiliklar
Futbol

"Paxtakor" Turkiyada yig'in o'tkazadi
Toshkentning "Paxtakor" jamoasi ikkinchi davraga tayyorgarlikni 7 iyuldan boshlaydi.
5 va 6 iyul kunlari futbolchilar tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi. 7 iyul kunidan bevosita mashg'ulotlarga kirishiladi. SHota Arveladze boshchiligida 7-19 iyul kunlari Toshkentda yig'inning birinchi bosqichi bo'lib o'tadi.
20-30 iyulda esa Turkiyaning Istanbul shahrida xorij yig'ini tashkil etish ko'zda tutilgan. 6 avgust kuni ikkinchi davra Navoiyda "Qizilqum" jamoasiga qarshi uchrashuv bilan start oladi.
Nazorat o'yinlaridagi raqiblar nomi tez orada malum bo'ladi.
Havola :
Manba : pakhtakor.uz
Fikrlar