So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

11 iyu 11:45
Yangiliklar

Futbol

"Paxtakor" yangi futbolchilarni tanishtirdi

"Paxtakor" markaziy stadionining anjumanlar zalida klub yangi harid qilgan futbolchilarni keng ommaga tanishtirib o'tdi.

Matbuot anjumanida "Paxtakor" yangi harid qilgan futbolchilar: Eldorbek Suyunov, SHerzod Azamov, Zabihillo O'rinboev, Gidi Kanyuk (Isroil), Tiago Bezerra (Braziliya) qatnashishmoqda.

Anjumanda shuningdek, klub prezidenti Bobur SHodiev, bosh direktor Adisman hamda bosh murabbiyi SHota Arveladze ishtirok etishmoqda.

"Barchaga salom. Jamoamiz ikkita legioner va uchta mahalliy futbolchilarni jalb qildi. Ular kelajakda "Paxtakor"ni shonli tarixini qaytarishda, jamoamizning yutuqlarida o'z hissalarini qo'shishlariga umid qilamiz va ishonamiz", - dedi bosh direktor Adisman.

"Ajoyib futbolchilarni tarkibimizga qo'shib olganimizdan xursandmiz. Nafaqat mahalliy, balki legioner futbolchilarni ham jamoamizda ko'rib turganimizdan quvonchdamiz", - deya o'z fikrlarini bildirdi SHota Arveladze.


Dastlab legioner futbolchilar Gidi Kanyuk hamda Tiago Bezerra klub bilan rasman shartnomalarga imzo chekishdi.

Gidi Kanyuk "Paxtakor"da 52-raqamda o'ynaydigan bo'ldi. Tiago Bezerra esa 77-raqamni maqul ko'rdi.

"Biz "Paxtakor"ni kuchli va shonli tarixga ega ekanligini bilamiz va jamoani shonli tarixini qaytarish yo'lida ko'maklashgani keldik", deydi isroillik futbolchi Gidi Kanyuk.

"Turkiyada ham "Paxtakor"ni juda yaxshi bilishadi. SHota Arveladze esa jamoa boshqaruviga o'tgani ajoyib ish bo'ldi. Arveladzening taklifiga ko'ra "Paxtakor"ni tanladim. O'ylaymanki, jamoa bilan birgalikda ko'plab g'alabalarni qo'lga kiritamiz. Bu yilgi maqsad jamoani OCHLga qaytarish. Kelasi yil esa barcha musobaqalarda g'oliblikni ko'zlaymiz", - deya o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi Tiago Bezerra.

Endi navbat mahalliy futbolchilar bilan shartnoma tuzishga keldi.

Jurnalistlar ko'z o'ngida Eldorbek Suyunov, SHerzod Azamov hamda Zabihillo O'rinboev klub bilan shartnoma imzolashdi.

Eldorbek Suyunov 25-raqamni, SHerzod Azamov 70-raqamni, Zabihillo O'rinboev esa 71-raqamni tanladi.


"Avvalambor "Paxtakor"dan chorlov bo'ldi va bu taklifni menga yoqqani uchun bu jamoani tanladim. Raqobat kuchli bo'lgani yaxshi, bu biz uchun foydaga ishlaydi", - dedi Zabihillo O'rinboev.

"Paxtakor"ga o'tishimga asosiy omil jamoada ruy berayotgan o'zgarishlar. Bu O'zbekiston uchun yangilik. Menga "Paxtakor"ning yangi loyihasi yoqdi, aynan shu narsa meni bu jamoaga kelishimga asosiy sabab bo'ldi. Raqobat? Men raqobatdan qo'rqmayman, bu biz uchun foydali bo'ladi", - dedi Eldorbek Suyunov.

"Jamoamizdagi ikkala darvozabon ham menga yoqadi. Raqobat kuchli bo'lgani yaxshi, shunda hech bir darvozabon bo'shashishga haqqi yo'qligini biladi", - deya darvozabonlar xususida o'z fikrlarini bildirib o'tdi SHota Arveladze.

"Nasaf"dan ketish qiyin bo'ldi. Endi qaror qabul qilindi, ortga yo'l yo'q. "Paxtakor"ga katta sovrinlarni qo'lga kiritish uchun keldim. Boshqa sabab yo'q", - deydi SHerzod Azamov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing