18 jan 16:56
Yangiliklar
Futbol

"Paxtakor"ga kelsa zo'r bo'lardi deyilgan futbolchi BAA klubiga o'tdi
Suriyalik hujumchi Omar Xrbin "Al Hilol" bilan xayralashgani haqida xabar bergandik.
Albatta, yaxshi futbolchi ko'chada qolmaydi va tez orada o'ziga yangi jamoa topadi. Suriya terma jamoasi hujumchisi Omar Xrbin BAAning 4 karra chempioni "Al Vahda" klubi bilan shartnoma imzoladi. U erkin agent sifatida yangi jamoaga ko'chib o'tdi. 27 yoshli to'purar "Al Vahda" bilan 30 oylik shartnoma tuzdi.
Eslatib o'tamiz, suriyalik futbolchi "Al Hilol"ni tark etgani haqida xabar berganimizda kommentlarda muxlislar "Paxtakor"ga kelsa zo'r bo'lardi deya fikr qoldirishgandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar