07 iyu 16:14
Yangiliklar
Futbol

“Paxtakor”ning uch futbolchisi ramziy terma jamoada
Xabar berganimizdek, Toshkentning “Paxtakor” jamoasi tarbiyalanuvchilari Rossiyaning Kaluga shahrida yakunlangan 2002 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat jamoalar o'rtasidagi Kaluga Junior Cup xalqaro turniri g'olibiga aylanishgandi.
Turnir tashkilotchilari musobaqa yakuniga ko'ra, musobaqaning ramziy terma jamoasini aniqlashdi. Ushbu jamoaga Dilshod Nuraliev shogirdlarining uch nafari kiritildi. “Paxtakor” sardori va to'purari (6ta gol) Ruslan Roziev, Diyor Xolmatov hamda Nurbek Axrorbekov ushbu ramziy terma jamoadan joy olishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar