11 fev 08:34
Yangiliklar
![](/upload/storage/322392_220.jpg)
Peddi Pimblettga jang berildi, u raqamlangan turnirda oktagonga chiqadi
Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan britaniyalik aralash yakkakurash ustasiga jang berildi, u raqamlangan UFC 314 turniri doirasida oktagonga chiqadi. Tez kunda ushbu jang tashkilot tomonidan rasman elon qilinadi.
"Men jangga tayyorman. Jang haqida hali hech kim bilmaydi. Lekin menda barcha malumotlar bor - raqib, jang sanasi va manzili. Tez kunda bu rasman elon qilinadi. Men dietaga o'tirdim va mashg'ulotlarni boshlab yubordim. Ixtiyorimda tayyorgarlik ko'rish uchun 9 hafta bor. SHunday ekan, bemalol ortiqcha vaznni tashlay olaman", - dedi britaiyalik UFC jangchisi o'zining navbatdagi podkastida.
Katta ehtimol bilan Peddi Pimblett 12 aprel kuni Mayamida o'tkaziladigan UFC 314 turniri doiraisda oktagonga chiqadi. Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan 30 yoshli Peddi engil vazn toifasi reytingida 12-o'rinni egallab turibdi. U UFC`da qatorasiga 6 ta g'alabali seriya bilan kelmoqda. So'nggi jangida amerikalik Bobbi Grinni birinchi raunddayoq uchburchak usulida mag'lubiyatga uchratgandi.
Fikrlar