05 iyu 10:11
Yangiliklar
Futbol
Pedri Ispaniya chempion bo'lsa, sochini kalga oldirishga vada berdi
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Pedri Evropa chempionati yarim finali doirasidagi Italiyaga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
"Men biroz charchadim, ammo 18 yoshimda bundan ham ko'proq ishlarga kuchim bor. Barcha jamoa yaxshi va ajoyib o'yin bo'ladi.
"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi libosini kiyish imkoniyatiga ega bo'lish - orzu. Bo'lajak yarim finaldan zavqlanishga umid qilaman. Agar biz Evropa chempioni bo'lsak, sochimni oldirib tashlayman", - deydi Pedri.
Eslatib o'tamiz, Italiya - Ispaniya o'yini 6 iyul kuni Londonda bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar