08 okt 17:56
Yangiliklar
Tennis

Pekin (WTA): Garsiya bo'lajak birinchi raketkani engib, chempion bo'ldi
Xitoy poytaxti Pekin shahrida sovrin jamg'armasi 6,38 million dollarni tashkil qiluvchi nufuzli musobaqa yakunlandi.
Bundan bir necha daqiqa avval WTA Premier Mandatory turnirining yakkalik bahslarida final uchrashuvi o'tkazildi. Bosh mukofot uchun bahsda franciyalik Karolin Garsiya ertaga dunyoning birinchi raketkasiga aylanadigan ruminiyalik Simona Xalepga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 52 daqiqa
davom etgan uchrashuvda dunyo reytingida 15-pog'onadan joy olib turgan franciyalik
tennischi raqibasini 6:4, 7:6(3) hisobida taslim etdi. Pekindagi muvaffaqiyatli
ishtirok Karolinga 1 million 271 ming 525 dollar mukofot puli hamda 1000 reyting
ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar