08 okt 11:26
Yangiliklar
Tennis

Pekin (WTA): Garsiya va Xalep bosh mukofot uchun kortga chiqadi
Xitoy poytaxti Pekin shahrida o'tkazilayotgan sovrin jamg'armasi 6,38 million dollarni tashkil qiluvchi nufuzli musobaqa o'z yakuni sari yaqinlashyapti.
WTA Premier Mandatory turnirining yakkalik bahslarida bugun final uchrashuvi o'tkaziladi. Bosh mukofot uchun kechadigan bahsda franciyalik Karolin Garsiya turnirning ikkinchi raketkasi ruminiyalik Simona Xalepga qarshi kortga chiqadi.
Ushbu final uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 13:30da boshlanishi belgilab qo'yilgan. Natijadan qatiy nazar Xalep ertaga elon qilinadigan reytingda dunyoning birinchi raketkasiga aylanadi.
Final
Karolin Garsiya (Franciya) – Simona Xalep (Ruminiya, 2)
Yarim final
Karolin Garsiya (Franciya) – Petra Kvitova (CHexiya, 12) – 6:3, 7:5
Simona Xalep (Ruminiya, 2) – Elena Ostapenko (Latviya, 9) – 6:2, 6:4
Havola :
Fikrlar