20 mar 12:41
Yangiliklar
Futbol

Pele: "Bugungi kundagi dunyoning eng yaxshi futbolchisi..."
Futbol afsonasi Pele Looted YouTube kanaliga bergan intervyusida ayni vaqtdagi dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'yicha berilgan savolga javob berdi.
- Bugungi kundagi eng yaxshisi Krishtianu Ronaldu deb o'ylayman, u eng barqarori. Albatta, Messi haqida ham unutish mumkin emas.
Futbol tarixidagi eng kuchlisi? Bu qiyin savol. Siz Ziko, Ronnaldino va Ronaldular haqida unuta olmaysiz... Evropada esa bu Bekkenbauer, Kroyff... O'ylaymanki, ularning eng zo'ri Pele bo'lgandi. Nimaga? CHunki hamma ularni men bilan taqqoslaydi, - deydi Pele.
Pele Braziliya terma jamoasi tarkibida uch karra Jahon chempioni bo'lgan va terma jamoada 77 ta gol bilan eng yaxshi to'purar sanaladi. Bundan tashqari, u bir necha bor futbol tarixidagi eng buyuk o'yinchilardan biri sifatida tan olingan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar