02 iyu 11:30
Yangiliklar

Pele Messini terma jamoadan ketmaslikka chaqirdi
“Barselona” hujumchisi Amerika Kubogining finalidan so'ng Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi. Messi sardorligidagi Argentina final uchrashuvida CHiliga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergan va aynan Messi zarba berishda xatolikka yo'l qo'ygandi.
Uch karra jahon chempioni bo'lgan Pele Messida hali terma jamoasi bilan birga sovrin yutish imkoniyati borligini, buning uchun esa terma jamoadan ketmaslikni maslahat berdi.
“So'zsiz, Messi so'nggi 10 yillikning eng yaxshi futbolchisi. Messi bilan sodir bo'lgan holat futbolda tez-tez uchrab turadi. Bundan tushkunlikka tushmaslik kerak. Menimcha, Messi qaror chiqarishda shoshilib qoldi va jahl ustida termadan ketishini aytdi”, – dedi Pele.
Fikrlar