30 okt 13:40
Yangiliklar
Futbol

Pepe “Real” bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelisha olmayapti
Madridning “Real” klubi himoyachisi Pepe jamoasi bilan amaldagi shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayapti.
As nashri xabariga ko'ra, 33 yoshli portugaliyalik futbolchi 2 yillik shartnomani istamoqda, biroq madridliklar bunga rozi bo'lishmayapti. Pepega “Milan” va “Yuventus” klublari davogar hisoblanishadi.
Malumot uchun, joriy mavsumda futbolchi Ispaniya chempionatida 6ta o'yinda maydonga tushdi va 1ta gol urdi.
Havola :
Fikrlar