10 okt 16:39
Yangiliklar
Pereyraning g'alabasiga million dollar qo'ygan Makgregor UFC`ning taqiq qoidasini buzdi
Irlandiyalik braziliyalik chempionning davogar Xalil Rauntriga qarshi kechgan jangida nokaut yoki texnik nokaut bilan g'alaba qozonishi uchun bir million AQSH dollari miqdorida "stavka" qilgandi. Jangning to'rtinchi raundida Aleks raqibini texnik nokautga uchratdi. Bu esa Konorga 200 ming dollar keltirdi.
"Kim tavakkal qilmasa, shampan vinosi ichmaydi", - dedi Makgregor.
Qizig'i, keyinchalik Konor Makgregor totalizatorda pul yutib olgani haqida yozgan xabarini o'chirib yuborgan. Boisi, 2022 yildan etiboran UFC o'z jangchilariga promoushen tomonidan o'tkaziladigan janglarga pul tikishni taqiqlab qo'ygan. Konor esa qoidani buzgan holda Aleks Pereyraning g'alabasiga million dollar pul tikdi.
Fikrlar