09 fev 09:54
Yangiliklar

“Persepolis” – “Nasaf” o'yinini koreyalik hakamlar boshqaradi
Unga qanotlarda hamyurtlari Sung Bonkyun, Kvak Suyungsunlar yordam berishadi. Uchrashuvda zaxira hakami sifatida qirg'izistonlik hakam Dmitriy Mashencev ishlaydi. Hakamlar ishini Suriya Arab Respublikasidan Muhammad Basil Alhajjar nazorat qiladi. Uchrashuvda singapurlik Sivakumar komissarlik qiladi.
OCHL-2018. “S” guruhi, 1-tur
“Persepolis” (Eron) – “Nasaf” (O'zbekiston)
13.02.2017. Tehron sh. “Ozodiy” stadioni. 18:45
Bosh hakam: Kim Dong Jin (J.Koreya)
Yordamchi hakamlar: Sung Bonkyun (J.Koreya), Kvak Suyungsun (J.Koreya)
Zaxira hakami: Dmitriy Mashencev (Qirg'iziston)
Nazoratchi: Muhammad Basil Alhajjar (Suriya)
Uchrashuv komissari: Sivakumar (Singapur).
Qiziqarli faktlar. OCHL-2009 nimchorak finalining, "Bunyodkor" - "Persepolis" 1:0 hisobidagi uchrashuvni ham aynan Kim Dong Jin boshqargan. Ammo OCHL-2015dagi ushbu hakam boshqargan, “Bunyodkor” – “Persepolis” uchrashuvida “qaldirg'ochlar” kichik hisobda imkoniyatni boy berishgan.
Kim Dong Jin 2011 yilgi Qarshida bo'lgan “Nasaf” – “Quvayt SK” 2:1, OFK kubogi final uchrashuvini ham boshqargan. Maqsud Karimov 1-daqiqada gol urgan OCHL-2016 guruh bosqichidagi “Nasaf” – “Al-Ayn” 1:1 uchrashuvini ham Kim Dong Jin boshqargan edi.
Fikrlar