So’nggi yangiliklar

15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0 12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0 11:33Ўзбек спортчиси Жон Жонс ва Илия Топурия билан бир жамоада: "Бардак" АҚШдаги менежерлик компанияси билан келишувга эришди 0 11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 09:45Уиттакер Гусковнинг зарба кучини юқори баҳолади 0 08:52Ирода Тўлаганова Республика олимпия захиралари теннис мактабига директор этиб тайинланди 0 19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0

23 okt 11:49
Yangiliklar

Futbol

"Persepolis" O'runov sabab O'zbekiston futbol associaciyasi ustidan FIFAga shikoyat yozdi

Eronning "Persepolis" klubi O'zbekiston futbol associaciyasi ustidan FIFAga shikoyat qildi.

SHikoyatda qayd qilinishicha, futbolchi jarohat olgani uchun Eron klubi uni O'zbekiston yig'iniga borishiga ruxsat bermagan. Biroq Oston terma jamoa o'yinlarida qatnashish uchun Toshkentga kelgan va jarohatini og'irlashtirib olgan. "Persepolis" muhim o'yinlarda undan foydalana olmayapti.

O'zbekistonning oktyabr oyidagi yig'ini boshlanishidan biroz avval Oston O'runov "Persepolis"ning "CHadormalu" jamoasiga qarshi uchrashuvning asosiy tarkibidan joy olgan edi. Ammo o'yinoldi mashg'ulotlarda jarohat olgan o'zbekistonlik hujumchi o'z o'rnini boshqa futbolchiga bo'shatib bergan. Eron jurnalistlari uning 3-4 haftaga safdan chiqqanini malum qilgandi.

Keyinchalik futbolchi Eron va BAAga qarshi uchrashuvlarda qatnashish uchun Toshkentga keldi. 10 oktyabr kuni Eronga qarshi o'tkazilgan O'zbekiston termasining o'yinida Oston O'runov 71-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

15 oktyabr kuni o'tkazilgan O'zbekiston — BAA uchrashuvida O'runov jarohat sabab qatnashmasligi malum qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing