So’nggi yangiliklar

15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0

19 iyu 19:55
Yangiliklar

Boshqalar

Peshku tuman bolalar va o'smirlar sport maktabi xodimlarining majburiy mehnatga jalb etilganligi yuzasidan rasmiy bayonot

Teglar :  Peshku
Bugun, 19 iyun kuni OAVda Peshku tuman bolalar va o'smirlar sport maktabida trenerlarning majburiy mehnatga jalb qilinganligi to'g'risida xabar elon qilindi.

Ushbu xabar elon qilinishi bilan O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi topshirig'iga asosan, Buxoro viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi rahbari boshchiligidagi masul xodimlar mazkur holatni o'rganish maqsadida Peshku tuman bolalar va o'smirlar sport maktabiga etib bordi.

Malumki, Respublika Maxsus komissiyasi tomonidan pandemiya talablarining yumshatilishi natijasida respublikamizning barcha «yashil» hududlaridagi bolalar va o'smirlar sport maktablarida sport sekciyalari va to'garaklari faoliyati qayta tiklanmoqda.

Pandemiya davrida ikki oydan ortiq vaqt davomida karantin talablariga rioya qilish maqsadida bolalar va o'smirlar sport maktabi to'liq ish faoliyatini to'xtatgan. Endilikda sport maktabida sport sekciyalari faoliyati qayta tiklanishiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida ichki imkoniyatdan kelib chiqqan holda maktab jamoasi maktab hududlarini obodonlashtirish uchun ixtiyoriy ravishda shanbalikka taklif etilgan.

Masullar tomonidan holat o'rganilgach, xodimlarga o'z faoliyatidan ortiqcha vazifa bergan Peshku tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi boshlig'i hamda tuman bolalar va o'smirlar sport maktabi direktoriga intizomiy jazo choralari qo'llanildi. SHuningdek, Buxoro viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'iga bu kabi holatlar boshqa takrorlanmasligi yuzasidan qattiq ogohlantirish berildi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi trenerlar va xodimlarning o'zboshimchalik bilan majburiy mehnatga jalb etilishini oldini olish maqsadida tizimdagi barcha tashkilot va muassasalarda tushuntirish ishlarini kuchaytiradi.

Malum qilamizki, mahalliy yoshlar uchun Peshku tumani bolalar va o'smirlar sport maktabiga qarashli markaziy o'yingoh investiciya dasturi asosida qayta rekonstrukciya qilinib, joriy yilning o'zida foydalanishga topshiriladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Kun.uz tahririyatiga bu kabi holatlar bo'yicha munosabat bildirganligi uchun minnatdorlik bildiradi va kelgusida jismoniy tarbiya va sportni aholi orasida ommalashtirish borasida hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini malum qiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing