21 jan 16:34
Yangiliklar
SHaxmat
Peshqadam Nodirbek Abdusattorov bugun Yan Nepomnyashhiyga qarshi o'ynaydi
Xabaringiz bor, shu kunlarda Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmatning klassik yo'nalishi bo'yicha 86-xalqaro "Tata Steel Chess-2024" musobaqasi o'tkazilmoqda.
Kecha nufuzli turnirning ettinchi partiyasi o'tkazilgan edi. Unda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov mezbonlar vakili Anish Giri ustidan g'alaba qozongandi.
Bugun musobaqa doirasida sakkizinchi tur partiyalari tashkil etiladi. Nodirbek Abdusattorov FIDE bayrog'i ostidagi rossiyalik grossmeyster Yan Nepomnyashiyga qarshi dona suradi. Partiyalar Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi.
8-partiya oldidan turnir jadvali:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar