So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

28 may 09:41
Yangiliklar

SHaxmat

Peshqadam yutqazdi, Gulruhbegimda g'alaba

Xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi xalqaro shaxmat akademiyasida Jahon kubogi uchun Markaziy Osiyo saralash musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Ayollar o'rtasida o'tkazilayotgan musobaqaning ettinchi turida xalqaro grossmeysterimiz Gulruhbegim Tohirjonova nihoyat g'alaba qozondi. U o'tgan turda mag'lubiyat alamini totib ko'rgandi. Birinchi ayol grossmeysterimiz Nafisa Mo'minovaning singlisi bo'lgan Gulruhbegim qozog'istonlik Amina Kairbekovani mag'lub etdi. 

Kutilmaganda musobaqada yakka peshqadamlik qilayotgan Nilufar Yoqubboeva oq donalarda harakat qilganiga qaramay, yana bir grossmeysterimiz Sarvinoz Qurbonboevaga imkoniyatni boy berib qo'ydi. SHaxmatchimizning bu qoqilishidan qozog'istonlik Bibisara Assaubaeva unumli foydalanib qoldi. U vatandoshi Gulmira Dauletovani taslim etdi va peshqadamga aylanib oldi. 

Turnir jadvalida Bibisara Assaubaeva 5,5 ochko bilan birinchi o'rinni egallab turibdi. Nilufar Yoqubboeva va reyting peshqadami Gulruhbegim Tohirjonova hisobida 5 ochkodan bor. To'rt yarimtadan ochko ega bo'lib turgan qozog'istonlik Gulisxan Naxbaeva va grossmeysterimiz Sarvinoz Qurbonboeva keyingi o'rinlarni band etishgan. 

Bugun sakkizinchi turda karvonboshi Bibisara Assaubaeva hamyurti Gulisxan Naxbaevaga qarshi qora donalarda o'ynaydi. Ikkinchi taxtada Sarvinoz Qurbonboeva va Gulruhbegim Tohirjonova o'zaro to'qnash kelishadi. Bugun soat 14:00da boshlanadigan tur turnir jadvalida ko'p narsaga oydinlik kiritadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing