15 fev 09:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Petr Yan AQSHga uchib ketdi
Eng engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni, rossiyalik Petr Yan navbatdagi jangiga so'nggi tayyorgarliklarni olib borish maqsadida AQSHga yo'l oldi.
"Petr Yan UFC 299 turniriga tayyorgarlikning so'nggi bosqichi uchun AQSHga uchib ketdi. "Arxangel Mixail" klubi azosi 11 mart kuni Song Yadongga qarshi jang qiladi. Petr tayyorgarlikning asosiy qismini Tailandda o'tkazdi, final bosqichi esa Mayamida bo'lib o'tadi", - deyiladi RCC: MMA & Boxing tarqatgan xabarda.
Eslatib o'tamiz, Petr Yan so'nggi jangini 2023 yil mart oyida gruziyalik Merab Dvalishviliga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgan edi.
Havola :
Manba : RCC
Fikrlar