So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

23 okt 18:18
Yangiliklar

Futbol

PFL "Buxoro" jamoasini 55 million jarimaga tortdi

Oliy Liga 25-tur doirasidagi “Buxoro” (Buxoro) hamda “Paxtakor” (Toshkent) klublari o'rtasidagi uchrashuvda yuzaga kelgan nizoli vaziyatlar sababli “Buxoro” futbol klubi 55 mln so'm miqdorida jarimaga tortildi.

Oliy Liga 25-turi doirasidagi “Buxoro” - “Paxtakor” uchrashuvida yuz bergan mojaroli vaziyatlar yuzasidan O'zPFL yig'ilish o'tkazdi. Ushbu yig'ilishda, “Buxoro” – “Paxtakor” uchrashuvida yuzaga kelgan nizoli vaziyatlar, yani futbol uchrashuvi vaqtidagi tartibning to'liq taminlanmaganligi, “Buxoro” futbol klubi rasmiy xodimlarining belgilangan tartib-intizom va qoidalarga to'liq rioya etmaganligi, shuningdek, uchrashuv rasmiylarining havfsizligi etarli darajada taminlanmaganligi kabi holatlar o'rganib chiqildi. Majlisda videoyozuvlar, uchrashuv nazoratchisi hamda O'zPFL vakilining bildirgisiga asosan, O'zbekiston yarim havaskor va yarim professional futbol klublari o'rtasidagi musobaqa reglamenti, Tartib-intizom Kodeksi 5-Modda, 4-bo'lim, 5.57-bandiga asosan “Buxoro” klubiga nisbatan jarima qo'llash haqida qaror qilindi.

Unga ko'ra, “Buxoro” klubi yarim havaskor va yarim professional futbol klublari o'rtasidagi musobaqa Reglamenti 5-Modda, 1-bo'lim, 5.4-Bandiga asosan 20 mln so'm, 5-Modda, 1-bo'lim, 5.6-bandiga asosan 5 mln so'm, 5-Modda, 1-bo'lim, 5.9-Bandiga asosan 10 mln so'm, 5-Modda, 1-bo'lim, 5.10-Bandiga asosan 10 mln so'm, 5-Modda, 2-bo'lim, 5.36-Bandiga asosan 10 mln so'm va yuqoridagi bandlarga asosan umumiy 55 mln so'm jarimaga tortildi.

SHunga o'xshash vaziyat yana takrorlanadigan bo'lsa, klubga nisbatan qattiqroq choralar ko'rilishi bilan bir qatorda, “Buxoro” futbol klubi o'z maydonidagi uchrashuvlarni muxlislarsiz yoki neytral stadionlarda o'tkazishi haqida qattiq ogohlantirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing