22 noy 17:45
Yangiliklar
Boks/MMA
PFL rahbari Neyt Diaz - Jeyk Pol jangi haqida: "Bizda 15 mln dollar bor"
PFL rahbari Donn Devis Neyt Diaz va Jeyk Polning revansh jangi uchun 15 mln dollar taklif qildi.
"Ularni yonib turgan yashil rang yonida tashlab ketaman. Bizda 15 million dollar, Jeyk Pol va PFL infratuzilmasi bor. Biz bilan ishlash osonroq, chunki bizda jang uchun doimo yashil rang yonib turadi", - dedi PFL rahbari.
Eslatib o'tamiz, 2023 yilning avgustida Pol boks qoidalariga ko'ra Diazni mag'lub qilgandi. Keyinchalik tomonlar MMA qoidalariga ko'ra revansh jangi o'tkazilishiga rozi bo'lishgandi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar