25 mar 14:53
Yangiliklar
Boks/MMA
PFL xo'jayini Makgregor haqida: "Biz istalgan jangchi bilan shartnoma tuzishga tayyormiz"
PFL prezidenti Donn Devis Konor Makgregor bilan shartnoma imzolash haqidagi savolga javob qaytardi.
"Konor bilan shartnoma tuzish? Aynan Konorga murojat qilmayapman, bu istalgan jangchiga tegishli: Jon Jons, Konor Makgregor, istalgan jangchi.
Bizda barcha ishni qila oladigan kapitan borligini bozordagi barcha tushunib turibdi. Istaklarimiz cheksizligini tushunishmoqda, hamkorlarimiz esa eng katta janglarni istashmoqda.
Kim uchun qiziq bo'lsa biz tayyormiz. PFL eng kreativ, eng qiziq va eng agressiv. Bu so'zlar barcha jangchilarga tegishli", - dedi PFL prezidenti.
Havola :
Manba : MMA Hour
Fikrlar