18 mar 16:35
Yangiliklar
Futbol
Pike futbolni tomoshabop qilish yuzasidan "jinnicha" taklif bilan chiqdi
"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi sobiq himoyachisi Jerar Pike futbolni qiziqarliroq qilish uchun durangni bekor qilish tashabbusi bilan chiqdi.
- Agar siz futbolda bitta qoidani o'zgartirishingiz mumkin bo'lsa, u qanday bo'lardi?
- Biz ko'proq gol urilishi yoki o'yinning durang bilan yakunlanishiga yo'l qo'ymaslik yo'llarini topishimiz kerak. Ehtimol, durang natijani bekor qilishimiz kerakdir. Nega endi yo'q? Beysbol yoki basketbolda hech qanday durang yo'q. Siz o'yinga borasiz, u durang bilan tugaydi va siz "Kim g'alaba qozondi?" degan tuyg'uni his etasiz.
"Futbol o'zgarishlardan qo'rqadi. Bu juda katta tarix va ananaga ega, lekin o'zgarish bo'ladi, bo'lishi kerak. Yangi avlod uchun 0:0 hisobida yakunlanishi mumkin bo'lgan 90 daqiqalik o'yinni tushunish qiyin", – dedi Pike.
Havola :
Manba : Goal.com
Fikrlar