10 okt 11:25
Yangiliklar
Futbol

Pike JCH-2018dan so'ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlaydi
Ispaniya terma jamoasi etakchilaridan biri Jerar Pike 2018 yili Rossiyada o'tkaziladigan jahon chempionatidan so'ng mamlakat bosh jamoasidagi faoliyatini yakunlashini malum qildi.
Bu haqda futbolchining o'zi kecha oqshom Albaniyaga qarshi kechgan saralash bosqich uchrashuvidan so'ng jurnalistlarga aytgan.
“Men bu haqda juda ko'p o'yladim. Oxir oqibat terma jamoadagi faoliyatimni JCH-2018dan so'ng yakunlashga qaror qildim”, – dedi “Barselona” himoyachisi.
Eslatib o'tamiz, Pike 2009 yildan beri Ispaniya terma jamoasi safida to'p tepib kelyapti.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar