09 avg 15:18
Yangiliklar
Futbol

Pirlo "Yuventus"dan ketadiganlarni aniqlab oldi
"Yuventus"ning yangi bosh murabbiyi Andrea Pirlo uch futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.
"Football Italia" yozishicha, italiyalik mutaxassisning rejalariga Sami Xedira, Duglas Kosta va Gonsalo Iguain kabi futbolchilar kirmayapti. SHuningdek, Pirlo ortidan Paulo Dibala bilan shartnoma uzaytirilishi kutilmoqda. Argentinalik futbolchi klub bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzolab, yiliga 15 mln evro maosh olishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Pirlo kecha Sarrining o'rnini egalladi. Sarri qo'l ostida jamoa Italiya chempioni bo'ldi va ECHLda 1/8 finalga etib bordi.
Havola :
Manba : Football Italia
Fikrlar