So’nggi yangiliklar

18:24Гринвуд А Серияга йўл оладими? 0 17:57Дональд Трамп Оқ уйда Жастин Гэтжи ва унинг оиласини қабул қилди + ФОТО 0 17:22Нодирбек Абдусатторов — FIDE блиц рейтингида жаҳоннинг иккинчи шахматчиси! 0 16:56Забит жиддий жароҳат сабаб Рауль билан жанг қилмайди, унинг ўрнини укаси эгаллайди (ФОТО) 0 16:33Модрич "Милан" билан янги шартнома имзолашга яқин 0 16:02Макс Холлоуэй жанг олдидан Конор Макгрегорга мурожаат қилди 0 15:29SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Нодирбек Абдусатторов рапид турнирини Топ-3`да якунлади 0 14:57Ўзбекистон кубогининг илк куни 6 та вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 14:26"Барселона" "Манчестер Юнайтед"га Жюль Кундени сотиб олишни таклиф қилди 0 13:54Нурсултон Рўзибоев: "Жанг қабул қилинди. Кейинги рақиб — топ!" (ФОТО) 0 13:01Расман. Шоҳжаҳон Эргашев Жукембаев эмас, Шаҳрам Ғиёсовнинг собиқ рақиби билан жанг қиладиган бўлди + ПОСТЕР 0 12:23Аргентина жаҳон чемпионатларида янги жамоавий рекорд ўрнатди 0 11:49Иван Поповда Ўзбекистон сафига ўтиш имконияти сақланиб қолди 0 11:21Ислам Махачевга яна бир спорт туридан Россияда хизмат кўрсатган спорт устаси унвони берилди + ФОТО 0 10:55Хабиб Нурмагомедов ЖЧ-2026`нинг ҳозиргача урилган энг яхши голини айтди 0

01 okt 07:10
Yangiliklar

Futbol

Piter Xyuistra: "Bizga kelganda darrov VARni eslab qolishdi"

Teglar :  OCHLPaxtakor
OCHL 1/4 finalida "Paxtakor" Eronning "Persepolis" klubiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib musobaqani tark etdi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida "Paxtakor" murabbiyi Piter Xyuistra ishtirok etib quyidagi fikrlarni bildirdi. 

- O'yinni yaxshi boshladik. Hammasi biz kutgandek ketayotgandi, biroq kutilmaganda futbolchimiz qizil kartochka olib rejalarimiz o'zgarib ketdi. Bir kishi kam bo'lib qolishimizga qaramay oxirigacha kurashdik va buning uchun yigitlarga rahmat aytaman. O'ylaymanki, Osiyo chempionlar ligasida o'zimizni ko'rsata oldik. Afsus, chorak finalda musobaqa bilan xayrlashyapmiz, lekin bu jamoa kelajakda ko'p narsaga qodir deya olaman.

- Qizil kartochka ko'rsatilgan vaziyat bo'yicha fikringiz? 

- Men o'sha vaziyatni to'liq ko'ra olmadim. Lekin VAR yordamida hakam qaror chiqarib "sariq"ni "qizil"ga o'zgartirdi va futbolchimizni chetlatdi. Faqat shuni aytishim mumkin, xolos.

- O'yindan so'ng Masharipov bilan gaplashdingizmi? 

- U juda xafa. Nihoyatda tushkun kayfiyatda va jamoaga yordam bera olmaganidan xafa. Albatta, Masharipov chetlatilishini hech kim kutmagandi. Lekin men bir jihatga etiboringizni qaratmoqchiman, bizdan oldin shu stadionda "Al Nassr" - "Al Ahli" uchrashuvi o'tkazildi va unda ham VAR ko'rib chiqsa bo'ladigan qo'pollik kuzatildi. Lekin negadir hech kim miq etmadi. Ammo bizning futbolchimiz shunday qo'pollik qilganida darhol o'yinni to'xtatib VARga murojaat qilishdi. Natijada VARdan foydalanish bizda ikki xil taassurot uyg'otdi. Yani, bu texnologiya kimga qanaqa ekandek tuyulyapti. 

- Ikkinchi taymda Hojimat Erkinov maydonga tushib jamoaga ancha yordam berdi. Uni oldinroq tushirish imkoni bormidi? Va uning o'yiniga qanday baho berasiz? 

- Biz Hojimatni anchadan beri bilamiz. Uni bekorga ijaradan qaytarib olmadik. Biz bu futbolchiga ishonamiz. Ikkinchi taymda uni maydonga tushirdik va o'zidan kutilgan o'yinni namoyish etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing