So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

15 jan 14:52
Yangiliklar

Futbol

Piter Xyuistra "Paxtakor" bosh murabbiyiga aylandi

Nihoyat, amaldagi mamlakat chempioni "Paxtakor" jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi.

Championat.asia sayti oldinroq xabar berganidek, SHota Arveladzening yordamchisi Piter Xyuistra "Paxtakor" bosh murabbiyiga aylandi. Rahbariyat bir qator murabbiylar nomzodini ko'rib chiqdi va yakunda Xyuistra tanlovida to'xtaldi. Katta ehtimol bilan bugun klub bosh murabbiyni rasman elon qiladi va ertangi mashg'ulotlarni niderlandiyalik murabbiyning o'zi o'tkazadi.

Piter futbolchilik faoliyatida SHotlandiyaning mashhur klublaridan biri "Glazgo Reynjers" sharafini besh mavsum himoya qilgani bilan mashhur. 125 uchrashuvda raqiblar darvozasiga 22 to'p kiritgan. Faoliyati mobaynida Piter Gollandiya, SHotlandiya, Yaponiya va Belgiya chempionatlarida jami 413 bellashuvda 78 gol urishga erishgan. Gollandiya terma jamoasida 8 o'yinda maydonga tushgan.

Xyuistra murabbiylik ishini 2001 yil "Yong Groningen" jamoasida bosh murabbiy sifatida boshlagan. 4 yillik faoliyatidan so'ng "Vitess", "Ayaks", "Trenchin" klublarida yordamchi murabbiy bo'lib ishlagan. Keyin "Yong Ayaks", "Groningen", "De Grafsxap" klublarida va Indoneziya terma jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bordi.

Malumot uchun, Piter 2017 yilning iyun oyidan boshlab "Paxtakor"da yordamchi murabbiy bo'lib ishlab kelayotgandi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing