09 fev 20:26
Yangiliklar
Futbol

Pochettino APLga qaytishi mumkin
"The Sun" xabariga ko'ra, "Tottenxem"ning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino yangi klubini aniqlab oldi.
Argentinalik mutaxassis "Manchester Yunayted"ni boshqarishni istamoqda. Manbaga ko'ra, ushbu mavsum yakunlanganidan keyin "qizil iblislar"ni boshqarayotgan Ole-Gunnar Sulsher istefoga chiqariladi va katta ehtimol bilan Pochettino MYUni boshqarishga tayinlanadi. Ayni damda mankunianliklar APL turnir jadvali 8-pog'onasini egallab turibdi.
Qayd etilishicha, Pochettino "Manchester Yunayted" uchun "Barselona" va PSJ kabi klublarga rad javobini bergan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar