19 noy 12:49
Yangiliklar
Futbol

Pochettino "Barselona"ni boshqarishga tayyor
Argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettino Ispaniyaning grand klubida ish boshlashi mumkin.
48 yoshli mutaxassis uzoq o'ylanishlardan so'ng Kataloniyaning "Barselona" klubiga nisbatan o'z poziciyasini o'zgartirdi. Agar "ko'k-anorranglilar" murabbiyga shartnoma taklif qilsa, murabbiy rozi bo'ladi. Oldinroq Maurisio ikki bor kataloniyaliklar taklifini rad etgan edi.
Pochettino "Tottenxem", "Sautgempton" va "Espanol" klublaridagi ishlari orqali yaxshi tanish.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" bosh murabbiyligida hozirda niderlandiyalik Ronald Kuman ishlamoqda.
Havola :
Manba : Sport.es
Fikrlar