So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

10 iyu 08:38
Yangiliklar

Boshqalar

Poezd tortgan “Bahodirlar o'yinlari”ning g'oliblari aniqlandi FOTO

Qadim va hamisha navqiron Xiva shahri ikki kun davomida katta sport musobaqasiga mezbon vazifasini o'tab berdi.

Ochiq osmon ostidagi muzey-shaharda 7-9 iyun kunlari elkasi erga tegmagan kurashchi, polvonlar piri Pahlavon Mahmud xotirasiga bag'ishlangan “Bahodirlar o'yinlari” I-xalqaro turniri bo'lib o'tdi. 

O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi hamda O'zbekiston Bahodirlar o'yinlari va tosh ko'tarish federaciyasi va boshka tashkilotlar hamkorligida Xorazm zaminida uyushtirilgan mazkur musobaqa sport ahlining diqqat markazida bo'ldi. 

Binobarin, ushbu turnirni yoritish uchun mamlakatimizning ommaviy axborot vasitalaridan tashqari, Eronning “SHOMA” telekanali, Hindistonning “DD Sport” hamda   Ozarbayjonning “ATV – Idman” sport telekanallari va “Caspian Energy International Media Group” guruhi, shuningdek, indoneziyalik aktyor, shaxsiy bloger Verrel Bramasta  tashrif buyurdi. Mubolag'a emas, bu ushbu musobaqaga bo'lgan qiziqish, uning nufuzidan darak beradi.

“Bahodirlar o'yinlari”da dunyoning 12 ta davlatining 15 nafar eng sara polvoni o'z mahoratini sinovdan o'tkazdi. Ular orasida o'z yurtining chempionlari, nufuzli xalqaro turnirlar g'olib va sovrindorlari g'oliblari bor edi.

Sportchilarning ishtirokini nufuzli hakamlar hayati, xususan, WSF prezidenti Vladislav Redkin (Latviya), WSF azosi Maris SHveyduks (Latviya), xalqaro Bahodirlar o'yinlari federaciyasining Janubiy Amerika qitasi bo'yicha vice-prezidenti Lusiano Afonso Sarti (Braziliya), Greciya  Bahodirlar o'yinlari federaciyasi prezidenti Andreas Kolettis odilona baholab borishdi.

O'z navbatida musobaqa qatnashchilari turnir dasturiga ko'ra, “Qo'qon arava”, “Sangijumon” toshlari“, “Dehqon yurishi”, “O'zbekiston poezdi”, “Xiva ustunlari”,  “Mo'ynoq langari”, “Amir Temur va Manguberdi qilichlari” deb nomlangan 7 ta shartni bajarishiga to'g'ri keldi.  

Unga ko'ra, sportchilar har birining ichiga og'irligi 100 kilogrammdan qum to'ldirilgan 2 ta qopni aravaga yuklab, belgilangan masofaga eltib qo'yishi,  140, 160, 180 va 200 kilogramm og'irlikdagi toshlarni ko'tarib maxsus joyga  joylashtirishi, 360 kilogrammli g'alvirni ko'tarib yurishi, temir yo'l lokomotivi (teplovoz)ni 20 metr masofaga sudrashi, milliy naqshli ustunlarni ko'tarilgan holida ushlab turishi, ikkala qo'lini old tomonga cho'zgan holda og'irligi 16 kilogramm bo'lgan qilichni tik holatda tutishi hamda kema langarini malum masofaga tortib borishi zarur bo'ldi. 

Tabiiyki, ushbu shartlar polvonlardan jismoniy quvvat, kuchli iroda va sabr-toqat talab qildi. Turnirning tantanali yopilish marosimi “Ichan-qala” davlat muzey qo'riqxonasining “Ko'hna ark” majmuasida tashkil etildi. 

Yakuniy sarhisoblarga ko'ra, birinchi o'rinni musoaqaning eng yosh ishtirokchisi, Ukrainaning 2019 yilgi chempioni 24 yoshli Pavlo Kordiyako qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rin eronlik Reza Gjaeytasiga nasib etdi. Faxrli uchinchi o'ringa O'zbekistonnning eng kuchli kishisi Sergey Turbicin va Rossiya davlatining 2018 yilgi chempioni Aleksandr Kuzmin loyiq ko'rildi.

Keyingi o'rinlarni Vikram Singx (Hindiston, 5-o'rin), G'iyosiddin Ahmedov (O'zbekiston, 6), Vagner Meneses Dos Santos (Braziliya,7), Ioannis Papakalas (Greciya, 8), SHuhrat Alixanov (O'zbekiston, 9), Jeremi Xogg (Avstraliya,10), Hamza Primov (O'zbekiston,11), Micuki Toyota (Yaponiya,12), Vusal Mardonov (Ozarbayjon,13), Navro'z Arabov (Tojikiston,14) va Cxu Xuang (Xitoy,15) egallashdi.

O'z navbatida musobaqa g'olibiga 5000 AQSH dollari, ikkinchi o'rin sohibiga 3000 AQSH dollari, uchinchi o'rin egalariga 2000 AQSH dollari taqdim etildi. Qolgan qatnashchilar ham tegishlicha mukofotlandi. 

Taqdirlash marosimi xorazmlik sanat ustalarining gala kancerti bilan davom etdi.

Ikrom XUDOYBERGANOV Xivadan saytimiz uchun maxsus tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing