28 iyu 16:48
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/78390_220.jpg)
Pogba "Real"ga o'tdi
Madriddan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan Syudad-Real shahrining "Machengo Syudad Real" klubi gvineyalik futbolchi Matias Pogbaning transferini elon qildi.
Futbolchi erkin agent sifatida ispan klubi bilan tekinga shartnoma imzoladi. Tomonlarning kelishuvi 2020 yil yozigacha davom etadi. Matias "Manchester Yunayted" futbolchisi Pol Pogbaning akasi hisoblanadi.
28 yoshli Matias faoliyati davomida "Kimper", "Reksxem", "Kryu Aleksandra", "Peskara", "Krouli Taun", "Partik Tisl", "Sparta" (Rotterdam) va "Tur" kabi jamoalarda harakat qilgan.
Gvineya termasi tarkibida esa 5 o'yinda qatnashgan. Pogbaning transfer narxi 150 ming evroni tashkil qildi.
Havola :
Fikrlar