10 sen 16:04
Yangiliklar
Futbol
"Pogba uchun "Real" eshiklari doimo ochiq"
"Real" sardori Serxio Ramos "Manchester Yunayted" yarim himoyachi Pol Pogbani jamoada ko'rishga qarshi emas.
"Pogbadek yaxshi o'yinchi uchun "Real" eshiklari doimo ochiq deb o'ylayman. U ajoyib futbolchi, boshqalardan ajralib turadi.
U o'zining salohiyatini "Yuventus"da va MYUda ko'rsata oldi.
Menimcha, u jamoaga balans bera oladi. U hujumlarni yaxshi qo'llab-quvvatlaydi va ajoyib jismoniy holatdagi futbolchidir", - deydi Ramos.
"Adidas" Pogbani "Manchester Yunayted"da olib qolishga yordam bergan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar