01 iyu 12:10
Yangiliklar
Boks/MMA
"Pol, bu senga ko'proq vaqt berdi". 57 yoshli Tayson jang qoldirilganiga izoh berdi
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Mayk Tayson Jeyk Pol bilan qoldirilgan jangiga izoh berdi.
"Afsuski, oshqozon ichak kasalligim sabab, shifokor mashg'ulotlarni bir necha haftaga to'xtatishim lozimligini aytdi. Bu dam olish va tiklanib olish uchun kerak. Umuman olganda yaxshi formadaman, 1990 yillardagidan ham yaxshiroq. Yaqin orada to'liq mashg'ulotlarga qaytaman.
Jeyk Pol, balki bu senga qo'shimcha vaqt berar. Ammo baribir yakunda sen nokaut bo'lasan va boksdan ketasan.
Sabr qilishingni qadrlayman va jangni sabrsizlik bilan kutaman", - dedi Tayson.
Havola :
Manba : MMA Hour
Fikrlar