10 dek 16:17
Yangiliklar
Futbol
Policiyachi muxlislarni tinchlantirishga uringan futbolchini otib qo'ydi+VIDEO
Argentinada policiyachi kutilmaganda uchrashuv chog'ida futbolchini otib qo'ydi.
Policiyachi Argentina chempionatining ikkinchi divizioni ishtirokchisi “Almagro” klubi futbolchisi Franko Kirosga bexosdan, o'zi istamagan tarzda o'q uzgan.
O'sha paytda futbolchi muxlislarni tinchlantirishga urinayotgan edi. “Atletiko Parana” (0:1) klubiga qarshi kechgan o'yin chog'ida tribunalarda muxlislar o'rtasida mushtlashuv boshlangan.
Policiya hodimlari rezina o'qlar yordamida ishqibozlarni xushyorlikka chaqirishga urinishgan. Ana shunday o'qlardan biri 26 yoshli Kirosning boshiga tekkan.
Franko Kiros zudlik bilan kasalxonaga etkazilgan. Xabarda
aytilishicha, futbolchining hayoti xavf ostida emas.
VIDEONI TOMOSHA QILING (TAS-IX)
Havola :
Manba : The Sun
Fikrlar