So’nggi yangiliklar

17:05Илия Топурияга UFC'да вазн тоифасини ўзгартириш таклиф қилинди 0 16:16Баходир Жалолов Деонтей Уайлдерга рақиб сифатида таклиф қилинди 0 15:29Бугун "Нефтчи" Суперлигада чемпион бўлиши мумкин 0 14:45Руслан Абдуллаев эртанги жанги олдидан медиа тадбирларда иштирок этди 0 13:26UFC Рамазон Темировни яна допинг текширувидан ўтказди 0 12:39"Ҳисоб 2:2 бўлади". Мераб яна Петр Ян билан жанг қилмоқчи 0 11:12U-17 ЖЧ. Бугун Ўсмирларимиз мусобақадаги юришини бошлайди 0 10:01UFC турнири Қозоғистонда 2027 ёки 2028 йилдаёқ ўтказилиши мумкин 0 08:52UFC 2027 йил март ойида Японияда турнир ўтказиши мумкин: Темировнинг кейинги жанги кунчиқар юртда бўладими? 0 07:11Бугун 9 нафар дзюдочимиз жаҳон чемпионати медаллари учун курашади (Жуфтликлар) 0 19:25“Арсенал” 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирмоқда 0 18:44Муҳаммаджон Машарипов — ёшлар ўртасидаги Жаҳон чемпиони! 0 18:24"Жаҳон чемпионлик камари учун жанг - унинг қайтишига туртки бўлиши мумкин" - менежер Кличко ҳақида гапирди 0 17:41UFC 2021 йилдан бери жанг ўтказмаган спортчини четлатди 0 16:36Исраэль Адесанья UFC Qatar турнирининг марказий жанги учун тахмин берди 0

10 okt 11:23
Yangiliklar

Ot Sporti

Polo bo'yicha mintaqaviy bosqich g'oliblari aniqlandi

Teglar :  PoloNavoiy
Navoiy viloyati Milliy gvardiya va sport boshqarmalari hamda O'zbekiston polo federaciyasi tashabbusi bilan ot sportining polo turi bo'yicha respublika musobaqasining mintaqaviy bosqichi o'tkazildi.

Mamlakatimizda ot sporti turlarini yanada rivojlantirish, yangi avlod chavandozlarini tayyorlash va tarbiyalash, yoshlar o'rtasida ot sportini targ'ib qilish hamda ommalashtirish borasida keng ko'lamdagi ishlar olib borilmoqda.  

Bunda davlatimiz rahbarining 2021 yil 11 martdagi “Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori dasturilamal vazifasini bajarmoqda. 

Qaror ijrosini taminlash maqsadida har bir hududda CHavandozlar maktabi tashkil etilib, ot sportining beshkurash va polo sport turini rivojlantirgan holda turli musobaqalar tashkil etilmoqda.  

Musobaqada Navoiy, Samarqand va Buxoro viloyatining CHavandozlar maktabidan chavandozlar ishtirok etib, o'zaro bellashdi. Bellashuvlarda quyidagi hisoblar qayd etildi: Samarqand - Buxoro 1-0, Navoiy - Samarqand 5-0, Navoiy - Buxoro 5-1.  

Yakunda 1-o'rinni Navoiy, 2-o'rinni Samarqand va 3-o'rinni Buxoro viloyati CHavandozlar maktabi jamoasi qo'lga kiritdi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing